Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey muzofotida ro‘y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi”, deydi Asadov.

Ma’lumot uchun, shu kunlarda Xitoy poytaxti Pekinda kuzatilayotgan kuchli yomg‘irlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar shimoliy tog‘li hududlarda qayd etilgan. Miyyun tumanida 28 kishi, Yansin tumanida esa 2 kishi vafot etgan. Toshqinlar tufayli shahar bo‘ylab 80 332 nafar kishi evakuatsiya qilingan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p yog‘ingarchilik Miyyunda qayd etilgan – 543,4 millimetr.

Kuchli yomg‘irlar 31 ta yo‘l uchastkasini ishdan chiqargan va 136 ta qishloqda elektr ta’minoti uzilgan. 28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da Pekin shahar toshqin oqibatlarini bartaraf etish shtabi favqulodda choralar ko‘rishning eng yuqori darajasini e’lon qildi. Hokimiyat fuqarolarga kuchli oqimli daryolar hududidan yiroq yurishni qat’iy tavsiya qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xitoy Si Tszin'pin toshqin Pekin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing