Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 5 avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston rahbari Serdar Berdimuhamedovni “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”da BMTning global konferensiyasi yuqori saviyada o‘tkazilgani bilan samimiy qutlab, Turkmanistonning yuksak davlat mukofoti – “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. 

O‘zaro tovar ayirboshlash izchil ortib borayotgani, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. 

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashilgan, oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 avgust kuni konferensiya doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va qardosh turkman xalqiga yuksak davlat mukofoti uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing