Moskva AQSHning Rossiya imperiyasining qarzini to‘lash talabiga javob berdi

Olam

image

Rossiya AQSH sudidagi “imperiya” qarzi bo‘yicha 225 milliard dollar miqdoridagi da’voni bekor qilishni talab qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Noble Capital Amerika investitsiya fondi da’vosidagi javobgarlarning manfaatlarini himoya qilayotgan yurist Sergey Sokolovning aytishicha, Rossiya Federatsiyasi 1916 yilgi eski imperiya obligatsiyalari bo‘yicha javobgarlikni har doim inkor etgan.

“Ushbu qarz 1918 yilda Sovet hukumati tomonidan bekor qilingan. Na SSSR, na Rossiya Federatsiyasi xalqaro huquq normalariga muvofiq unga javobgarlikni hech qachon tan olmagan. Ular allaqachon “tarixning axlat savatiga tashlangan edi”, deydi u.

Sokolovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi da’vogarni 30 yanvarga qadar da’vosini qaytarishga chaqirgan.

“Agar bu amalga oshmasa, biz AQSHning “Chet el davlatlar immuniteti to‘g‘risida”gi qonuni asosida da’voni ko‘rib chiqilmasligi to‘g‘risida ariza beramiz”, deya qo‘shimcha qilgan yurist.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning Noble Capital RSD investitsiya fondi Rossiyadan Rossiya imperiyasi obligatsiyalari bo‘yicha majburiyatlarni undirish bo‘yicha AQSH federal sudiga da’vo kiritgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya qarz Rossiya imperiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing