Mourino Portugaliya terma jamoasi ustoziga aylanishi mumkin
Sport
−
25 aprel 3155 1 daqiqa
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasi ustoziga aylanishi mumkin. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayni vaqtdagi terma jamoa murabbiyi Roberto Martinesning taqdiri jamoaning Millatlar ligasining hal qiluvchi o‘yinlaridagi natijalariga bog‘liq. Portugaliya futbol federatsiyasi hattoki, “Special One” bilan shartnomani buzgani uchun “Fenerbaxche”ga tovon to‘lashga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 62 yoshli mutaxassisning “Fenerbaxche” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Live
Barchasi