Mubashshir Ahmadning sudi yana keyinga qoldirildi

3-sahifa

image

Bugun, 2 oktyabr kuni soat 16:00 da Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq ushbu majlis yana boshqa kunga qoldirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. 

Uning bildirishicha, sud majlisi joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 16:00 ga ko‘chirilgan.  Sudning qoldirilishiga Mubashshir Ahmad ishini ko‘rayotgan sudyaning tobi yo‘qligi, salomatligini tiklash ta’tilida ekani sabab bo‘lmoqda.

Qayd etish joiz, bu Tursunovning ishi bo‘yicha sud majlisining birinchi marta qoldirilishi emas. Uning birinchi sudi 19 avgust kuni bo‘lib o‘tdi va ayrim guvohlar kelmagani aytilib, sud ishi 8 sentyabrga qoldirildi. Ikkinchi sud majlisida ishtirok etgan guvohlar qo‘yilayotgan ayblovlar uchun yetarlicha dalillar keltira olmadi. Shundan so‘ng, sud 15 sentyabrga qoldirildi. Shuningdek, 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sud majlisi ham bugun, 2 oktyabrga surilgan edi.

Ma’lumot uchun, Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Eslatib o‘tamiz, Mubashshir Ahmadning bundan oldingi sud majlisi joriy yilning 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Sudda davlat ayblovchisi Mubashshir Ahmadga 7 yil qamoq jazosini so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mubashshir Ahmad Alisher Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing