Namanganda 1,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O. O.” oilaviy korxonasiga qarashli beton-g‘isht ishlab chiqarish sexida shartnomasiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 558 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing