Namanganda 1,9 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning Davlatobod tumaniida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “Yuqori Rovuston” MFY hududidagi ishlab chiqarish binosida “N.L.” MCHJ mas’ul shaxslari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi ta’sir ko‘rsatib, “plomba” va ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan. Oqibatda 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahrida 4,6 mlrd so‘mlik elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing