Namanganda 7 yashar qiz qarindoshi tomonidan zo‘rlandi
3-sahifa
−
17 Oktabr 26298 1 daqiqa
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 7 yashar qiz 38 yoshli qarindoshi tomonidan zo‘rlandi. Hodisa sodir bo‘lganini mutasaddilar QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi.
Jinoyat joriy yilning 14 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi tog‘asining uyidagi to‘yga borgan va uning 7 yashar nevarasini aldab, nomusiga teggan va voqea joyidan yashiringan.
Erkak 2 kundan so‘ng topilgan va kecha, 16 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining ajrimi bilan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ma’lumot uchun, ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxs oldin ham 2 marta shunga o‘xshash jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan va ma’lum muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozda Toshkent viloyati tumanlaridan birida erkak o‘z qiziga zo‘ravonlik qilgani aniqlangandi. 24 iyul kuni sud qaroriga ko‘ra, erkak o‘z farzandiga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud tomonidan unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 3-qismi, “a”, “b”, “e” bandlari asosida 12 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Live
Barchasi