Namanganda telefon g‘ilofiga narkotik yashirgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida telefon g‘ilofiga giyohvandlik moddasini yashirgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBning matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 1 oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida viloyatning Mingbuloq tumani, “Mulkobod” mahallasida yashovchi fuqaro xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida unga tegishli bo‘lgan telefon g‘ilofida sof og‘irligi 2 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida jami og‘irligi 77 kilogram 410 gramm giyohvandlik vositasini yashirganlar qo‘lga olingan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan IIB gashish narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing