NASA Oyda qishloq qurmoqchi

Olam

image

AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) 2035 yilgacha Oyda barqaror yashash uchun qishloq qurmoqchi. Bu haqda NASA rahbari Shon Daffi Sidneyda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro astronavtika kongressida so‘z ochdi. 

Daffiga ko‘ra, yaqin o‘n yil ichida NASA Oyda nafaqat stansiya, balki odamlar yashashi uchun barcha infratuzilmaga ega bo‘lgan qishloq barpo etmoqchi.

NASA rahbarining qo‘shimcha qilishicha, u yerda odamlarning doimiy yashashi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, yangi qishloqni atom energetikasi bilan ta’minlash, qishloqqa kosmonavtlarni muntazam joylashtirish va qurilishda Oy yuzasidan topilgan materiallardan foydalanish rejalashtirilgan.

Shuningdek, NASA 2026 yilning fevralida “Artemida II” missiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda va to‘rtta astronavtni 50 yil ichida Oyga birinchi safarga jo‘natadi. Bu safarda Oyga qo‘nish rejalashtirilmagan bo‘lsa-da, kosmik agentlikning asosiy maqsadi u yerda qishloq barpo etishni tahlil qilishdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX asoschisi va bosh direktori Ilon Mask agar og‘ir yuk ko‘taruvchi raketalar bo‘yicha bir nechta muhim yutuqlarga erishilsa, insoniyat 2055 yilga borib Marsda barqaror va o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan koloniya tashkil eta olishi haqida aytgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oy NASA Shon Daffi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing