“Nasaf” 5-uchrashuvda ham yutqazdi

Sport

image

Kecha, 24 noyabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasi 5-turida ham mag‘lubiyatga uchradi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Qarshida Eronning “Traktor”iga 0:1 hisobida yutqazdi.

Uchrashuv taqdirini 17-daqiqada Regi Lushkya tomonidan kiritilgan gol hal qildi. Chap qanotdan rivojlangan hujumni albaniyalik futbolchi aniq zarba bilan yakunladi. Ushbu uchrashuvda “Traktor” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov  90 daqiqa harakat qildi.

Natijada Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi “Nasaf” musobaqadagi 5-uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdi. “Traktor” jamoasi esa ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 11 taga yetkazgan holda 2 o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasi dastlabki turida Saudiyaning “Al-Ahli” jamoasiga, keyingi turlarda “Al-Hilol”,  “Shabab Al-Ahli” va “Al-Vahda” klublariga imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ro'ziqul Berdiev “Nasaf” Elit Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing