NATO shtabini AQSHga ko‘chiradi

Olam

image

NATO Daniya, Shvetsiya va Finlandiya mudofaa rejasini tayyorlash bo‘yicha mas’uliyatni Niderlandiyada joylashgan shtabdan AQSHdagi qo‘mondonlikka o‘tkazadi. Bu haqda  Shimoliy Atlantika alyansining Yevropadagi Qo‘shma qurolli kuchlari qo‘mondoni Aleksus Grinkevich ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘zgarishlar 2025 yil 5 dekabrdan kuchga kiradi, shu munosabat bilan Finlandiyada tantanali marosim o‘tkaziladi. Qaror NATOning raqiblari butun dunyo bo‘ylab tarqalgani, shu bois Yevroatlantika mintaqasini va alyansning Shimoldagi pozitsiyasini imkoni boricha mustahkamlash juda muhim ekani bilan izohlangan.

Ta’kidlanishicha, Norfolkdagi NATO shtabi allaqachon Atlantika okeani, Arktika, Grenlandiya, Islandiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya xavfsizligi uchun javob beradi.

“NATO qo‘mondonligi nuqtai nazaridan Norfolk Shimoliy Amerika va Yevropa o‘rtasidagi strategik ko‘prik bo‘lib, faqat dengiz kommunikatsiyalarimizni himoya qilish bilan cheklanib qolmaydi”, deydi Grinkevich.

Shu bilan birga, Germaniya va NATOning Sharqiy Yevropadagi mamlakatlarini himoya qilishni tashkil etish bo‘yicha mas’uliyat baribir Bryunsyumdagi shtab zimmasida qoladi.

22 noyabr kuni Niderlandiyadagi ikkinchi yirik aeroport – Eyndxoven (Bryunsyumdan 80 km uzoqlikda joylashgan) hududi ustidan bir necha dron kuzatilgani sababli ikki soatga o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bir kun avval esa mamlakat Mudofaa vazirligi Eyndxovendan 40 km uzoqlikda joylashgan Volkel qishlog‘idagi harbiy aviabaza ustidan dronlarni urib tushirish uchun qurol ishlatilgani haqida hisobot bergan edi.

Kuz fasli boshidan beri Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi aeroportlar va boshqa ob’ektlar ustida ham dronlar bilan bog‘liq ko‘plab hodisalar ro‘y bergan. Jumladan, Germaniya, Daniya, Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Polshada bunday holatlar qayd etilgan.

Ushbu epizodlar va shunga o‘xshash boshqa holatlarda Daniya maxsus xizmatlari Rossiya g‘arbiy davlatlarga qarshi gibrid urush olib borayotganini ma’lum qilgan. Biroq Yevropa osmonidagi dronlarga RF aloqadorligini isbotlovchi dalillar yo‘q. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu ayblovlarni rad etib, Yevropa shaharlarida Rossiya dronlari uchun hech qanday maqsad yo‘qligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Italiya sohilidagi O‘rtayer dengizida “Neptun zarbasi” (Neptune Strike) nomli harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing