Navoiyda bir guruh qizlar mushtlashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi parkda bir guruh qizlar janjallashib, bir-birini urgani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 30 iyun kuni fuqarolar J.X. (2004 yilda tug‘ilgan qiz bola) hamda T.D. (2006 yilda tug‘ilgan qiz bola) Navoiy shahridagi istirohat bog‘idagi o‘zlariga notanish bo‘lgan 4 nafar voyaga yetmagan qizlar (2010, 2011, 2012 yillarda tug‘ilgan) bilan karuselda uchish vaqtida o‘zaro nomunosib muomala tufayli janjallashgan. Bildirilishicha, J.X. va T.D. qizlarni kaltaklagan.

“Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘smir qizlar yigit talashib janjallashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing