Olimpiadaning o‘ninchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytingi qanday?

Sport

image

Kecha, 16 fevral kuni Italiyada 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida rasmiy 10-rasmiy musobaqa kuni bo‘lib o‘tdi. Sportchilar oltita sport turlari (biatlon, tog‘ chang‘isi, konkida uchish, kross chang‘isi, chang‘idan sakrash, skeleton, snoubord va erkin uslubdagi chang‘i sporti) bo‘yicha oltita medallar uchun kurash olib bordi.  

Kun yakunlariga ko‘ra, Norvegiya jamoasi jami 28 ta medal (12 ta oltin, 7 ta kumush va 9 ta bronza) bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. Italiya jamoasi ham 23 ta medal (8 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. AQSH jamoasi esa 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza) bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:

  • Norvegiya – 12 oltin, 7 kumush, 9 bronza;
  • Italiya   – 8 oltin, 4 kumush, 11 bronza;
  • AQSH – 6 oltin, 8 kumush, 5 bronza;
  • Niderlandiya – 6 oltin, 5 kumush, 1 bronza;
  • Avstriya    – 5 oltin, 7 kumush, 3 bronza;
  • Shvetsiya    – 5 oltin, 5 kumush, 1 bronza;
  • Shveysariya   – 5 oltin, 2 kumush, 3 bronza;
  • Germaniya – 4 oltin, 7 kumush, 6 bronza;
  • Fransiya   – 4 oltin, 7 kumush, 4 bronza;
  • Yaponiya – 4 oltin, 5 kumush 9 bronza.

Kechagi, 16 fevral kungi musobaqalar doirasida o‘zbekistonlik sportchi Medet Nazarov Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isining slalom dasturidagi bahslarda ishtirok etdi. Nazarov dastlabki chiqishda 1:07,51 qayd etdi. Bu orqali Medet marraga yetib kelganida, 33-pog‘onaga joylashdi. Yakunda esa 35-o‘rindan joy oldi. Ikkinchi startda Nazarov ayrim sabablarga ko‘ra, ishtirok etmadi va umumiy reytingdan joy ololmadi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. 

Shuningdek, kun doirasida o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog 500 metr masofada kechgan saralash bosqichida startga chiqdi va raqiblarining qoidabuzarligi evaziga kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi u ertaga, 18 fevral kuni medallar uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Italiya Norvegiya medallar reytingi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing