Najmiddin Qosimxojiyev jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
30 Oktabr 3406 1 daqiqa
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg) Xitoyning Usi shahrida yakuniga yetib borayotgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qosimxojiyev final bahsida Olimpiya o‘yinlari va Jahon chempionati sovrindori, braziliyalik raqibi Edival Pontes bilan to‘qnash kelgan va yakunda Qosimxojiyev raqibi ustidan zafar quchib, terma jamoa hisobiga oltin medalni taqdim etgan.
- Oltin medal: Najmiddin Qosimxojiyev (O‘zbekiston);
- Kumush medal: Edival Pontes (Braziliya);
- Bronza medal: Magomed Abdusalamov (Neytral maqomdagi sportchi);
- Bronza medal: Amir Sina Baxtiari (Eron).
Shu tariqa, Najmiddin faoliyatida ilk marotaba Jahon chempionating oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa taekvondo WT bo‘yicha Usi-2025 Jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jahongir Xudoyberdiyev va Svetlana Osipova sovrindorlar qatoridan joy olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi