Neymar Yevropaga qaytishi mumkin

Sport

image

“Santos” futbolchisi Neymar faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romanoga tayangan holda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchisi “Inter” va “Napoli” klublariga bog‘liq mish-mishlar fonida A Seriyaga o‘tishga ijobiy qaramoqda. 33 yoshli futbolchi yil oxirida erkin agentga aylanishi va u Yevropaga qaytishi mumkin.

Neymar “Barselona” hamda PSJ saflarida o‘n yil to‘p tepgan. Kelgusi yilgi Jahon chempionati oldidan Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining e’tiborini tortish va milliy jamoaga qayta chaqiruv olish umidida, Neymar Italiyaga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymarni “Inter Mayami” jamoasi o‘z safiga qo‘shib olib, MSN triosini yana birlashtirilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Barselona Neymar A Seriya Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing