Neymarning otasi Pele brendini sotib oldi

Sport

image

Braziliyalik futbolchi Neymarning otasi, Neymar da Silva Santos NR Sports kompaniyasi orqali afsonaviy futbolchi Pele brendi huquqlarini qo‘lga kiritdi. Bitim 18 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelishuv qiymati 18 million dollarni tashkil etadi va rasman joriy yilning 19 noyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Bitim Pele brendidan foydalanish huquqini, uch karra Jahon kubogi chempioni Pelening suratlari va nomini, mahsulot litsenziyalarini, tarixiy arxivlar va boshqa aktivlarni o‘z ichiga oladi. Yangi hamkorlik rejalari esa keyinroq ma’lum qilinadi.

Muzokaralar muammosiz o‘tgan, chunki Pele 2022 yil 29 dekabrda vafot etganidan beri brendidan to‘liq foydalanilmagan.

Shuningdek, Neymar da Silva Santos kompaniyasi Pele faoliyat yuritgan “Vila Belmiro” stadionidagi VIP o‘rindiqlarni yangilash xarajatlarini ham qoplagan. Barcha o‘rindiqlar almashtirilgan, yangi hojatxonalar o‘rnatilgan va konditsioner tizimi joriy qilingan.

Qayd etish joizki, Pele “Santos” safida hozirda Neymarga tegishli bo‘lgan 10-raqamda o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, Pele “Santos” safida 1956–1974 yillarda 643 ta o‘yinda maydonga tushib, 619 ta gol urgan, klub bilan uch karra Libertadores kubogi va ikki karra Interkontinental kubokni qo‘lga kiritgan va tarixdagi eng samarali to‘purar sifatida bir necha mavsum davomida o‘rtacha 1 golli o‘yin ko‘rsatkichini saqlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar futbol Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing