OFK O‘zbekistonni 340 ming dollar jarimaga tortdi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini tashkilot qoidasini buzganligi uchun jazoladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘FA 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi doirasida OFK Xalqaro o‘yinlarni boshqarish doirasidagi 11.13-moddani buzgan.  Mazkur moddaga ko‘ra, OFK homiylik xususiyatini tekshirish uchun homiylik shartnomalarini ko‘rishni so‘rashi mumkin. Mazkur qoidani bajarmaslik tegishli so‘rovning rad etilishiga olib kelishi mumkin.

OFK har bir o‘yin uchun mezbonlardan stadionning har qanday hududida o‘z homiylaridan boshqa brendlar bo‘lmasligini qat’iy talab qiladi.

O‘FA esa mazkur qoidani buzgan holda Qatarga qarshi o‘yindan so‘ng maydon hududiga OFKning rasmiy homiysi bo‘lmagan BYD brendi ostidagi avtomobillarni olib kirgan.

O‘FA mazkur holat yuzasidan so‘rovni OFKga kech yuborgani va shu sababli tashkilot assotsiatsiyani jarimaga tortganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 340 ming dollar miqdoridagi jarima pulini OFK Intizom va odob-axloq kodeksining 11.3-moddasiga muvofiq jazo muddatidan boshlab, 30 kun ichida to‘lashi shart.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston O'FA OFK Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing