Olimlar ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implant ishlab chiqdi

Texnologiya

image

Olimlar ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun fotoelektrik implantni ishlab chiqdi. Bu haqda “The New England Journal of Medicine” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma fotoelektrik implant va retinal implant mikrochip tizimini o‘z ichiga oladi. U kamera sifatida tasvirlarni oladi va ularni 2x2 mm o‘lchamdagi simsiz retinal implantga proyeksiya qiladi. Keyin implant yorug‘likni miyaga yuboriladigan elektr impulslariga aylantiradi.

Tadqiqotchilar Yevropaning beshta mamlakatida yashovchi yoshga bog‘liq makulodistrofiyaning quruq shakli (AMD) bilan kasallangan 38 nafar keksa bemorlar ishtirokidagi klinik tajribani o‘tkazgan. Ularning ko‘z to‘rpardasining markaziy qismiga ko‘p sonli elektrodlar bilan jihozlangan  2x2 mm o‘lchamdagi chip implantatsiya qilingan.

Tadqiqot davomida 32 ishtirokchi qurilmadan foydalangan holda, 12 oylik kuzatuvdan o‘tgan. Qolgan 6 nafaridan ayrimlari vafot etgan yoki ishtirokdan bosh tortgan.  Ma’lum bo‘lishicha, bemorlarning 80 foizi bir yildan keyin klinik jihatdan sezilarli yaxshilanishni sezgan. Jiddiy salbiy ta’sirlar ham qayd etilgan, ammo ular tezda bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Mie universiteti tadqiqotchilari guruhi “Daun sindromi”ni keltirib chiqaradigan qo‘shimcha 21-xromosomani olib tashlash imkonini beruvchi protseduraani ishlab chiqqan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa fotoelektrik implant AMD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing