Olimpiadaning o‘n ikkinchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytingi qanday?

Sport

image

Kecha, 18 fevral kuni 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida Italiyada o‘tayotgan musobaqalarning navbatdagi kuni yakunlandi. Unda oltita sport turi (biatlon, tog‘ chang‘isi, kross chang‘isi, snoubord, erkin chang‘i va short-trek) bo‘yicha jami to‘qqizta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borildi. 

Kun yakuniga ko‘ra, Norvegiya delegatsiyasi umumiy medal hisobi bo‘yicha ishonchli tarzda yetakchilikni saqlab qoldi. Ular hisobida jami 33 ta medal (15 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza) bor.

Mezbon Italiya jamoasi 26 ta medal (9 ta oltin, 5 ta kumush va 12 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni esa AQSH delegatsiyasi jami 24 ta medal (7 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza) bilan yakunladi. 

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:

  • Norvegiya – 15 oltin, 8 kumush, 10 bronza;
  • Italiya   – 9 oltin, 5 kumush, 12 bronza;
  • AQSH – 7 oltin, 11 kumush, 6 bronza;
  • Fransiya  – 6 oltin, 7 kumush, 4 bronza;
  • Niderlandiya  – 6 oltin, 7 kumush, 2 bronza;
  • Shvetsiya   – 6 oltin, 6 kumush, 3 bronza;
  • Germaniya  – 5 oltin, 8 kumush, 8 bronza;
  •  Avstriya – 5 oltin, 8 kumush, 4 bronza;
  •  Yaponiya  – 5 oltin, 6 kumush, 11 bronza;
  • Shveysariya – 5 oltin, 4 kumush 3 bronza.

Ma’lumot uchun, kechagi, 18 fevral kuni doirasida o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog 500 metr masofaga kechgan chorak final bahsida ishtirok etdi va beshinchi bo‘lib marraga keldi. Ushbu natija Yeybogga yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi va u shu nuqtada ishtirokini tugatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Norvegiya medallar reytingi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing