Tarixda birinchi marta ona va bola bir Olimpiadada ishtirok etdi
Sport
−
18 fevral 2049 1 daqiqa
Meksikalik tog‘ chang‘i sportchisi Sara Shleper va uning o‘g‘li Lasse Gaxiola 2026 yilda Italiyada o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, bir Olimpiadada qatnashgan birinchi ona va o‘g‘il bo‘ldi. Bu haqda KTIV nashri xabar berdi.
Joriy yilning 12 fevral kuni 46 yoshli Shleper tog‘ chang‘i musobaqalari super-G dasturida ishtirok etdi va 26-o‘rinni egalladi. Keyinchalik, Shleper 16 fevral kuni bo‘lib o‘tgan slalom dasturida ham ishtirok etdi, biroq chang‘i bog‘lamlari maksimal balandlik chegarasidan oshib ketgani sababli diskvalifikatsiya qilindi.
Uning o‘g‘li, 18 yoshli Lasse Gaxiola esa joriy yilning 14 fevral kuni gigant slalomda ishtirok etdi va 53-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, sportchilar bir Olimpiadada qatnashgan bu ona va o‘g‘il sifatida tarixga kirdi.
Ma’lumot uchun, Milan-Kortina–2026 musobaqalaridagi ishtirok orqali Shleper qishki Olimpiada tarixidagi eng keksa tog‘ chang‘i sportchisiga aylandi. Meksikalik sportchi faoliyati davomida yettita Olimpiadada qatnashgan, bu tog‘ chang‘i sportchilari uchun ham rekord hisoblanadi.
Live
Barchasi