Biatlonchilar Olimpiadada ovqatdan zaharlandi – OAV
Sport
−
16 fevral 826 1 daqiqa
Germaniyalik biatlonchilar Yanina Xettix-Vals va Vanessa Voygt, shuningdek, chexiyalik Jessika Yislova Italiyadagi Olimpiya o‘yinlarida burgerlardan zaharlandi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Yanina Xettix-Vals va Vanessa Foygt oshqozon bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Ayollar o‘rtasidagi individual poygadan so‘ng nemislar mehmonxonada burger yegan. Yislova ham shunga o‘xshash alomatlarni boshdan kechirgan va u sprintdan chiqib ketgan.
“Biz ular yoqtirmagan narsani yeb qo‘ygan deb taxmin qilamiz. Muammo atigi bir kecha davom etdi. Yaninaning reaksiyasi ertasi kuni sodir bo‘ldi, shuning uchun u sprintga yetarlicha tayyor emas edi. Ammo bizning tibbiy bo‘limimiz va milliy terma jamoa shifokori jiddiy narsa yo‘qligiga amin”, deydi Germaniya sport direktori Feliks Bitterling.
Ta’kidlanishicha, nemis biatlonchilari voqeadan keyin boshqa joyga ko‘chib o‘tgan va hozirda trassadan uch kilometr uzoqlikda yashamoqda. Jamoaning shaxsiy oshpazi ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlarida joriy yilning 17 va 18 fevral kunlari biatlon bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida estafeta poygalari bo‘lib o‘tadi, undan keyin 20 va 21 fevral kunlari esa erkaklar va ayollar o‘rtasida ommaviy startlar o‘tkaziladi.
Live
Barchasi