Olmaotada poyezdda 52 kishi noma’lum gazdan zaharlandi
Olam
−
18:14 1388 1 daqiqa
Qozog‘istondagi Olmaota-2 stansiyasida poyezdda 52 kishi gazdan zaharlandi. Yordam ko‘rsatish uchun 13 ta tez tibbiy yordam guruhi safarbar qilingan. Bu haqda “Sputnik.kz” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tabiiy gazdan zaharlanish natijasida yuzaga kelganini da’vo qilishdi. Biroq, Qozog‘iston milliy temir yo‘l operatori bu vajlarni rad etib, zaharli modda-uglerod oksidi (yoqilg‘i to‘liq yonmaganda hosil bo‘ladigan zaharli gaz) bo‘lganini aytmoqda.
Bundan tashqari, KTJ (Kazaxstan temir joli) hodisaga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.
"Zaharlanish sodir bo‘lgan poyezd "Yo‘lovchilar tashish" AJga tegishli emas va xususiy tashuvchiga tegishli. Vagonlar filmni suratga olish uchun kinostudiyaga berilgan", deyiladi bayonotda.
Zaharlanish oqibatida, 10 nafar bola kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 2 nafari reanimatsiya bo‘limida, qolganlari ixtisoslashtirilgan bo‘limlarda. Kasalxonaga yotqizilgan bemorlar shifokorlar nazorati ostida. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda sinov poyezdi 11 kishini bosib ketgani haqida xabar berilgandi. Seysmik uskunalarni sinovdan o‘tkazish uchun foydalanilgan № 55537 sinov poyezdi Kunmindagi Luoyangjen stansiyasida poyezd temiryo‘l chizig‘ining egri qismida ish olib borayotgan ishchilar ustiga borib urilgan. Oqibatda voqea joyida 11 kishi halok bo‘lgan va 2 kishi jarohat olgan.
Live
Barchasi