Qozog‘iston neftining bir qismini Xitoyga yo‘naltiradi
Olam
−
10 dekabr 1087 2 daqiqa
Qozog‘iston dekabr oyida birinchi marta Atasu-Alashankou quvuri orqali Xitoyga taxminan 50 ming tonna Kashagan neftini jo‘natmoqchi. Bu haqda “Energy monitor” jamg‘armasi ijrochi direktori Nurlan Jumagulov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston Kaspiy quvurlari konsorsiumi (CPC) infratuzilmasiga uchuvchisiz uchuvchi apparatlar tomonidan uyushtirilgan hujumlar ortidan Qashagan konidan olinadigan neft eksportining bir qismini Xitoyga yo‘naltirishga qaror qilingan.
“Vazirlik hozirda yuk jo‘natuvchilar bilan neft hajmlarini qayta taqsimlash ustida ishlamoqda. Bunga Qashagan neftining ma’lum qismini Xitoyga yo‘naltirish bo‘yicha choralar ham kiradi”, deyiladi xabarda.
Neft Xitoyning CNPC kompaniyasi (30 ming tonnadan ortiq) hamda Yaponiyaning “Inpex” kompaniyasiga (taxminan 20 ming tonna) yetkaziladi.Qozog‘iston CPC’ning Qora dengizdagi
Umuman olganda, dekabr oyida Atasu-Alashankou quvuri orqali eksport joriy yildagi o‘rtacha oylik 85–86 ming tonnaga nisbatan qariyb 70 ming tonnaga oshishi mumkin.
Qozog‘iston CPC’ning Qora dengizdagi terminalida uchuvchisiz samolyot tomonidan SPU-2 bir nuqtali bog‘lovchi qurilmasiga yetkazilgan zarardan so‘ng yuk tashish hajmining kamayishi sababli eksport uchun muqobil yo‘llarni qidirmoqda.
2025 yilda Atasu-Alashankou quvuri orqali neft yetkazib berish hajmi 1 million tonna bo‘lishi rejalashtirilgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 1,2 million tonnani tashkil etgan. Joriy yilning 10 oyi davomida esa mazkur yo‘nalish orqali 858 ming tonna neft eksport qilingan.
Yiliga 20 million tonna quvvatga ega Atasu-Alashankou magistral neft quvuri Qozog‘iston-Xitoy quvurlar tizimining bir qismi bo‘lib, “Kaztransoil” (50 foiz) hamda “China National Oil and Gas Exploration and Development Company Ltd” (50 foiz)ga tegishli “Qozog‘iston–Xitoy quvur liniyasi” (KCP) qo‘shma korxonasi tomonidan boshqariladi.
Bundan tashqari, Rossiyaning “Rosneft” kompaniyasi “Priirtishsk-Atasu-Alashankou” yo‘nalishi bo‘ylab yiliga 10 million tonnaga yaqin neftni Qozog‘iston orqali Xitoyga yetkazib beradi.
Qozog‘iston tranzit neftning bir qismini Pavlodar neft-kimyo zavodiga yo‘naltirib, o‘rniga Xitoyga shuncha hajmda xom ashyo eksport qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Atasu-Alashankou yo‘nalishidagi neft DAP Alashankou sharti asosida Shimoliy dengiz Brent neftiga nisbatan bir barrel uchun 5,33 dollarlik chegirma bilan sotiladi.
Qozog‘iston avval ham Rossiya dengiz portlari orqali Xitoyga neft eksport qilgan. Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida bunday jo‘natmalar 2,87 million tonnani tashkil etgan. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich 2,64 million tonnaga teng bo‘lgan.