Onasi o‘zbek bo‘lgan Arfiya Eri Yaponiyada lavozimga qayta tayinlandi

Olam

image

Onasi o‘zbek, otasi esa uyg‘ur bo‘lgan yaponiyalik siyosatchi Arfiya Eri mamlakat hukumatining yangi tarkibida Tashqi ishlar vazirining parlament o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumot Bosh vazirning rasmiy saytida keltirilgan.

Qayd etish joiz, u birinchi marta 2024 yilning 13 noyabr kuni parlament o‘rinbosari etib tayinlangan, joriy yilning oktyabr oyida esa yangi hukumat tarkibida lavozimiga qayta tasdiqlangan.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Arfiya Eri 1988 yil 16 oktyabrda Fukuoka prefekturasining Kitakyusyu shahrida tug‘ilgan otasi uyg‘ur va onasi o‘zbek millatiga mansub yaponiyalik siyosatchi. U Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vakilasi hisoblanadi.

U Jorjtaundagi Diplomatik xizmat maktabini va Vashingtondagi Oliy diplomatik xizmat maktabini tamomlagan. Ingliz, xitoy, o‘zbek, turk va uyg‘ur tillarida erkin so‘zlasha oladi, arab tilini esa boshlang‘ich darajada biladi.

Avval Yaponiya Markaziy bankida va Birlashgan Millatlar Tashkilotida faoliyat yuritgan. 2023 yil aprel oyida u Tiba prefekturasining 5-okrugidan Yaponiyaning Vakillar palatasiga qo‘shimcha saylovlarda deputat etib saylangan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda asli o‘zbekistonlik Orzugul Boboxo‘jayeva Tokio shahridagi Setagaya tuman assambleyasiga deputat etib saylangandi. Orzugul Boboxo‘jayevaning nomzodi Yaponiya Konstitutsiyaviy-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan. Saylovning yakuniy bosqichida o‘zbekistonlik ayol 6771 ovoz to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Arfiya Eri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing