Ozarbayjonlik futbolchi pichoqlandi

Sport

image

Ozarbayjonning Ganja shahrida “Kyapaz” futbol klubi futbolchisi Veysal Rzayev pichoq bilan hujumga uchrab, og‘ir jarohat oldi. Bu haqda “anews” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi Ganjada hujumga uchragan va pichoqlangan. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

“Unga Ganja shahrida hujum qilingan. Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli og‘ir deb baholanmoqda”, deyiladi “Kyapaz” klubi bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy guruhi politsiya hodisa yuzasidan tergov olib borayotganini ma’lum qilgan. Hujumni sodir etganlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari davom etmoqda. Hujumni sodir etgan shaxs hozircha qo‘lga olinmagan. Rzayevga qilingan hujum sabablari hozircha noma’lum.

Qayd etilishicha, 23 yoshli Veysal Rzayev 2020 yilda “Kyapaz” klubi bilan shartnoma imzolagan. U o‘sha yili mahalliy “Sabah” klubiga qarshi uchrashuvda jamoa safida debyut qilgan. Hozirda “Kyapaz” Ozarbayjon chempionatida 11-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon pichoqlandi “Kyapaz” Veysal Rzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing