Ozarbayjonliklar Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan shoshilinch evakuatsiya qilinmoqda
Olam
−
07 mart 1701 1 daqiqa
Yaqin Sharqda davom etayotgan harbiy keskinlik sabab Fors ko‘rfazi mamlakatlarida qolib ketgan ozarbayjonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha shoshilinch chora ko‘rilmoqda. Bu haqda APA xabar qildi.
Diplomatik vakolatxonalar orqali fuqarolarni ro‘yxatga olish ishlari olib borilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh mamlakatdagi qariyb 1 000 nafar Ozarbayjon fuqarosi evakuatsiya uchun murojaat qilgan:
- BAA – 490 kishi
- Saudiya Arabistoni – 220 kishi
- Qatar – 200 kishi
- Bahrayn – 23 kishi
- Quvayt – 26 kishi
BAAda, xususan Dubayda, Ozarbayjon Bosh konsulxonasi havo hududi qisman ochilgach, 3-5 mart kunlari amalga oshirilgan reyslar orqali 755 nafar Ozarbayjon fuqarosi vatanga qaytarilgan.
Saudiya Arabistonidan esa 193 nafar Ozarbayjon fuqarosi (shuningdek, Gruziya fuqarosi bo‘lgan 9 nafar va Rossiya fuqarosi bo‘lgan 5 nafar ozarbayjonlik) 4 mart kuni maxsus reys bilan Jidda shahridan evakuatsiya qilingan. 7 mart kuni Jidda-Boku reysi bilan jami 203 kishi olib kelingan.
Shuningdek, Eron orqali quruqlikdan mamlakatga hozirgacha 300 nafar Ozarbayjon fuqarosi kirib kelgan. Hukumat mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va fuqarolarni xavfsiz evakuatsiya qilish choralarini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tabriz shahridagi Ozarbayjon Bosh konsulligi xodimlarini evakuatsiya qilish to‘liq yakunlangandi.
Live
Barchasi