Parkentda MAN 4 ta mahallani gazsiz qoldirdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida ayrim iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Parkent tumanidagi yuqori bosimli gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.  Buning ortidan tumanning “Yoshlik”, “Markaziy”, “Guliston” va “Oq tepa” MFYlaridagi 2415 ta aholi va 56 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Bildirilishicha, ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya-toklash brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga ekskavatorning shikast yetkazishi oqibatida tumanda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent gaz quvuri Parkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing