Pikassoning 80 yildan beri ko‘rilmagan surati kimoshdi savdosiga qo‘yiladi
Bu qiziq
−
23 Sentabr 4251 2 daqiqa
Ispaniyalik rassom va haykaltaroshi Pablo Pikassoning 80 yildan beri ko‘rilmagan surati Parijda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Pikassoning “Gulli qalpoqli ayol byusti” kartinasi 1943 yilda Gitler Germaniyasi tomonidan ishg‘ol qilingan Parijda chizilgan bo‘lib, mashhur rassomning o‘sha paytdagi iltifoti va sevgilisi Dora Maarning portreti hisoblanadi. Maarning yaqinda topilgan portretini 1944 yilda noma’lum kolleksioner sotib olgan va o‘shandan beri uning oilasida saqlanmoqda.
San’atshunos olim Anes Sevestr-Barbening so‘zlariga ko‘ra, bu asar “juda katta tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan tuvaldir (rassomlar chizish uchun foydalanadigan mato bo‘lib, odatda yog‘och romga tortilgan holda ishlatiladi), ayniqsa, 80 yildan ortiq vaqt davomida jamoatchilik buni ko‘rmagani sababli”.
“Bizga ma’lum bo‘lishicha, u hech qachon ko‘rgazmaga qo‘yilmagan yoki kimoshdi savdosiga qo‘yilmagan”, dedi Anes Sevestr-Barbe.
Yuqori chap burchakda imzo qo‘yilgan 81x60 sm o‘lchamdagi rasm joriy yil 24 oktyabrda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Boshlang‘ich bahosi 8 million yevro. Mutaxassislar auksion paytida narxning ko‘tarilishini kutmoqda.
Maar (aslida tug‘ilgan Genriyetta Teodora Markovich) fransuz syurrealist rassomi va fotografi edi. Er-xotin romantik munosabatlarga ega edi. Rassom uning bir nechta portretlarini chizgan: “Dora Maarning portreti”, “Yig‘layotgan ayol” va “Dora Maar mushuk bilan”.
“Uning barcha portretlari yolg‘on. Hammasi Pikasso. Ulardan hech biri Dora Maarga o‘xshamaydi”, deydi Maarning o‘zi portretlar haqida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Shtutgart shahridagi badiiy auksionda ispaniyalik rassom va haykaltaroshi Pablo Pikassoning ikkita soxta rasmi sotilgandi.
Live
Barchasi