Pikassoning mashhur asari qariyb 40 mln dollarga sotildi

Olam

image

Pablo Pikassoning ilhom manbai va sevgilisi bo‘lgan Dora Maarning portreti Parijda o‘tkazilgan auksionda 37 million dollarga sotildi. Bu haqda bugun, 25 oktyabr kuni “Associated Press” xabar berdi.

Gul naqshli shlyapa kiygan ayol byusti (Dora Maar)” nomli asar savdoga 9-11,6 million dollar atrofidagi dastlabki baho bilan qo‘yilgan. Ijod namunasi 1943 yilning iyul oyida yaratilgan va oradan bir yil o‘tib xususiy kolleksiyaga o‘tgan. U yerda asar 80 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar uning saqlanish holatini juda yaxshi deb baholagan.

Dora Maarning o‘zi ham rassom va fotograf bo‘lgan. Uning Pikasso bilan munosabatlari 1936 yildan 1945 yilgacha, qariyb to‘qqiz yil davom etgan. Ushbu rasm 1943 yilning iyul oyida chizilgan bo‘lib, kutilgan narxdan deyarli to‘rt baravar qimmatga sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pablo Pikassoning “Gitarali natyurmort” nomli 1919 yilda yaratilgan asari Ispaniya poytaxti Madriddan Granadaga olib ketilayotganda sirli tarzda g‘oyib bo‘lgani va keyinroq uning topilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pablo Pikasso Dora Maar Gul naqshli shlyapa kiygan ayol byusti (Dora Maar)

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing