Pikassoning sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan asari topildi

Olam

image

Avvalroq, Pablo Pikassoning “Gitarali natyurmort” nomli 1919 yilda yaratilgan asari Ispaniya poytaxti Madriddan Granadaga olib ketilayotganda sirli tarzda g‘oyib bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu asarning Granadaga yo‘l olmagani va hatto transportga yukalngmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “El Pais” xabar berdi.

Qayd etilishicha, guashda ishlangan 1919 yilgi asar taxminan 600 000 yevroga sug‘urtalangan. U o‘tgan hafta Granadada ochilgan CajaGranada jamg‘armasining “Nature morte. La eternidad de lo inerte” (“Natyurmort. Harakatsizlikning abadiyligi”) ko‘rgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Asar 56 ta boshqa asar bilan birga qadoqlanib, joriy yilning 25 sentabrda jo‘natishga tayyorlangan.

CajaGranada jamg‘armasiga ko‘ra, joriy yilning 3 oktyabr kuni transport kompaniyasi yukni videokuzatuv ostida yetkazib bergan. Biroq o‘ramlarning to‘liq raqamlari bo‘lmagani sababli xodimlar uni ochib tekshirmaguncha batafsil nazoratni amalga oshirolmagan. Qabul hujjatlari keyinchalik solishtirish sharti bilan imzolangan.

Joriy yilning 6 oktyabr kuni o‘tkazilgan tekshiruv natijasida suratlarning biri yo‘qligi aniqlangan. Shundan so‘ng, tashkilot politsiyaga murojaat qilgan. Asarning yo‘qolishi Interpolning o‘g‘irlangan va bedarak yo‘qolgan san’at asarlari bo‘yicha xalqaro bazasiga kiritilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ijod na’munasi hatto poytaxtni tark etmagan va u Granadaga yetkazish uchun mo‘ljallangan transport vositasiga yuklanmay qolib ketgan. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Tarixiy meros bo‘limi tergovni davom ettirmoqda.

Asarni namoyish etish uchun mas’ul bo‘lgan CajaGranada jamg‘armasi “El País” nashriga bergan izohida ular sud jarayonida ishtirok etayotgan tomon bo‘lgani sababli hozircha hech qanday bayonot bermaslikni afzal ko‘rishini bildirgan. Shu bilan birga, ular boshqa barcha asarlar ko‘rgazmada joyida ekanini va tergov yakunlangach, Pikassoning asarini ham ko‘rgazmaga qo‘shish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pikassoning 80 yildan beri ko‘rilmagan surati kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. “Gulli qalpoqli ayol byusti” kartinasi Parijda chizilgan bo‘lib, mashhur rassomning o‘sha paytdagi sevgilisi Dora Maarning portreti hisoblanadi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pablo Pikasso Gitarali natyurmort

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing