Pol Pogba va 70 dan ortiq sportchi UEFA’dan Isroilni chetlatishni talab qildi – OAV
Sport
−
13 noyabr 2022 1 daqiqa
70 dan ortiq sportchi, jumladan Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Pogba va “Fulxem” yarim himoyachisi Adama Traore Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)dan Isroilni futboldan chetlashtirishni talab qilmoqda. Bu haqda UNB nashri xabar berdi.
Sportchilar tomonidan imzolangan murojaat xati UEFA prezidenti Aleksander Cheferinga topshirilgan. Maktubda ular Yevropa boshqaruv organini “Isroilning Yevropa futbolida ishtirokini to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ma’naviy choralar ko‘rmagani” uchun tanqid qilgan.
“Futbol genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etayotgan rejimni olqishlash uchun maydon bo‘lmasligi kerak”, deyiladi sportchilar imzolagan maktubda.
Athletes 4 Peace tashkiloti tashabbusi bilan yozilgan maktubni Pogba va Traore bilan bir qatorda ingliz murabbiyi Nayjel Pirson, shuningdek, “Game Over Israel” kabi kampaniyalar vakillari ham imzolagan.
Maktub UEFA prezidenti Aleksander Cheferinga yuborilgan bo‘lib, u yerda “Game Over Israel” kampaniyasi vakillari UEFA’ni siyosiy bosimlardan holi qaror qabul qilishga chaqirgan.
Tashabbus Irlandiya futbol assotsiatsiyasi UEFA’ga Isroilni chetlatish bo‘yicha taklif kiritganidan va Turkiya futbol federatsiyasi shunga o‘xshash chaqiriq bilan chiqqanidan so‘ng boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziya hukumati isroillik sportchilarga Jakartada bo‘lib o‘tadigan gimnastika bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun viza berishdan bosh tortgan edi.
Live
Barchasi