Poytaxt aholisi ogohlantirildi
Jamiyat
−
13:55 4844 1 daqiqa
Bugun, 11 fevral kuni Toshkent shahri hududida yog‘ingarchilik va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Shu sababli Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Unga ko‘ra, aholidan xavfsizlik choralariga rioya qilish so‘raladi. Xususan:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yerosti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish.
Buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish haqida aytilgan.
Shu o‘rinda FVBB aholidan avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni so‘ragan.
Javohir Aliqulov