PSJ sobiq futbolchisi klubdan tovon puli talab qilmoqda

Sport

image

PSJ ayollar jamoasining sobiq futbolchisi Kheira Hamraui o‘ziga temir panjara bilan qilingan shafqatsiz hujumdan so‘ng klub uni asossiz ravishda jamoadan chetlashtirganini ta’kidlab, Parij klubidan 3,5 million yevro miqdorida tovon undirishni talab qildi. Bu haqda “Thye Score” nashri xabar berdi.

Hodisa 2021 yil noyabr oyida sodir bo‘lgan. Kechki ovqatdan jamoadoshi Aminata Diallo bilan qaytayotgan Hamraui ikki niqobli shaxs tomonidan hujumga uchragan. Keyinchalik Diallo ushbu hujumni tashkil etganlikda gumonlanib, hibsga olingan.
Da’vogarning advokati Paskal-Per Garbariniga ko‘ra, ayrim futbolchilar o‘yin davomida unga to‘p uzatishni rad etgan. Shuningdek, Hamraui maydon, kiyinish xonasi va tribunada “izolyatsiya qilingan”, PSJ muxlislari tomonidan haqoratli bannerlar ko‘tarilgan va u ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ta’qib qilingan.

Hamraui talab qilayotgan tovon puli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  •  ma’naviy tazyiq uchun tovon va foizlar,
  •  klubning xavfsizlik bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun kompensatsiya, 
  •  ta’qibning oldini olmagani uchun qo‘shimcha tovon,
  •  umumiy ma’naviy zarar va moddiy yo‘qotishlar.

Umumiy summa 3,5 million yevroga teng.

PSJ advokati Benjamin Louzier bu talabni asossiz deb hisoblab, Hamrauining tibbiy ma’lumotnomasi yo‘qligini va u klub rahbariyati yoki xodimlar kengashiga rasmiy murojaat qilmaganini ta’kidladi. Shuningdek, uning Parijdagi ikki yillik shartnomasi bo‘yicha oylik maoshi 14 450 yevro bo‘lganini eslatdi.

Mehnat tribunali Hamraui ishi bo‘yicha hukmni joriy yilning dekabr oyi o‘rtalarida e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kilian Mbappe sobiq jamoasi PSJda qolib ketgan bonus pullarini olish uchun  advokatlari klubdan 55 million yevro miqdoridagi to‘lanmagan maosh va bonuslarni undirishni talab qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ tovon shafqatsiz hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing