Putin Markaziy Osiyoga keladi

Olam

image

Kecha, 16 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida Rossiya–Qozog‘iston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. Ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarga e’tibor qaratilgan.

Vladimir Putin may oyi oxirida Ostonada o‘tadigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etishini tasdiqlagan. To‘qayev Rossiya Prezidentini mazkur tadbir doirasida Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etgan. Taklif minnatdorlik bilan qabul qilingan.

Shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan. Tomonlar aloqada bo‘lib turishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 21-22 dekabr kunlari Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashgandi. Tadbirlar davomida To‘qayev Putin bilan uchrashuv ham o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing