Putin Si Szinpin bilan muzokaralarni boshladi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Pekindagi Xalq majlislari uyiga yetib bordi. Bu yerda u Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar berdi.

Putinning Pekindagi dasturi Tyananmen maydonidagi rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi. Xitoy yetakchisi Rossiya Prezidentini shaxsan kutib olgan, shundan so‘ng tomonlar delegatsiya a’zolarini bir-biriga tanishtirgan.

Rossiya Prezidenti marosimga “Aurus” avtomobilida yetib kelgan. Yetakchilar qo‘l berib ko‘rishib, ikki davlat delegatsiyalarini qutlashgan va Rossiya hamda Xitoy madhiyalari yangragan.

“Moskva atrofidagi oqshomlar” qo‘shig‘i sadolari ostida Putin va Si Szinpin qo‘llarida ikki davlat bayroqlari va gullar ushlagan bolalar oldiga borgan.

Rossiya Prezidenti Xitoyga yirik delegatsiya bilan tashrif buyurgan. Delegatsiya tarkibidan besh nafar Bosh vazir o‘rinbosari, sakkiz vazir, prezident administratsiyasi vakillari, bir qator viloyat rahbarlari, davlat korporatsiyalari rahbarlari, yirik banklar boshqaruv raislari hamda biznes vakillari o‘rin olgan.

Shuningdek, delegatsiya tarkibida Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ham bor.

Muzokaralar avval tor doirada bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi eng muhim hamda sezgir masalalar muhokama qilinadi. Shundan keyin kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv boshlanadi, unda Rossiya tomonidan 39 kishi qatnashadi.

Muloqot yakunida ikki davlat o‘rtasida qator hujjatlar imzolanishi, shuningdek, Putin va Si Szinpin OAV vakillari uchun bayonot berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin Pekindagi sammit chog‘ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sha’niga ilk bor vazmin tarzda tanqidiy fikr bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing