Putin sovuq ob-havo tufayli Ukrainaga bir hafta hujum qilmaslikka qaror qildi (video)
Olam
−
10:45 2985 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan kuchli sovuq tufayli keyingi yetti kun davomida Ukrainaga hujum qilmaslikni so‘radi. Putin bu iltimosga ijobiy javob qaytardi. Bu haqda kecha, 29 yanvar kuni AQSH Prezidenti Oval ofisida bo‘lib o‘tgan tadbirda jurnalistlarga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Tramp Ukraina hech qachon bunday sovuqni ko‘rmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir mamlakatda energiya tizimlariga zarba berilgani uchun har doimgidan-da izg‘irinroq.
“Ular hech qachon bunday sovuqni boshdan kechirmagan. Va men shaxsan prezident Putindan Kiyev va boshqa shaharlarni bir hafta davomida o‘qqa tutmaslikni so‘radim. Va u bunga rozi bo‘ldi”, dedi Tramp.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga ushbu tashabbus uchun minnatdorchilik bildirgan. U bu tashabbusni Rossiyaning energetika maqsadlariga zarbalarini to‘xtatish deb ta’rifladi. Bu hujumlar Kiyevdagi yuzlab kvartiralarni sovuq havoda elektrsiz qoldirgandi.
Shu bilan birga, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qishki sovuq uchun energiya sulhi to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladi va Trampning Ukraina shaharlarini Rossiya hujumlaridan himoya qilish imkoniyati haqidagi bayonotini olqishladi.
“Prezident Trampning Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlarini bu qishki sovuqda Rossiya hujumlaridan himoya qilish imkoniyati haqidagi muhim bayonoti. Biz ularning xalqimiz hayotini himoya qilishga yordam berishdagi sa’y-harakatlarini qadrlaymiz. Rahmat, Prezident Tramp!, deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda.
Trampning Kreml yoki Ukraina rasmiylari tomonidan zarbalarni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga oid bayonotlari rasmiy tasdiqlanmagan, biroq Putin mavqedoshining iltimosini ijobiy qabul qilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga ming nafar halok bo‘lgan harbiyning jasadini topshirgan, evaziga esa 38 nafar halok bo‘lgan rossiyalik harbiyning jasadini qaytarib olgan.
Live
Barchasi