Ronaldu yana bir yosh futbolchini e’tirof etdi 

Sport

image

Yaqinda sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatining dastlabki davrlarini o‘tkazgan Lissabonning “Sporting” jamoasida yaqin kunlargacha yetakchi futbolchilardan biri bo‘lgan Viktor Gyokereshni maqtadi. Bu haqda “Gazeta Express” nashri Ronalduning jurnalistlarga bergan intervyusiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Al-Nasr” hujumchisi shu kunlarda “Arsenal” o‘yinchisiga aylangan Gyokereshni ikki so‘z bilan ta’riflagan. Bundan tashqari, Ronaldu o‘zi bolaligida to‘p surgan sobiq jamoasi – “Sporting” haqida ham iliq fikrlar bildirgan. 

“Men bu ligada raqobat kuchli bo‘lishini istayman. Men “Sporting”ga har doim eng yaxshisini tilayman va yana chempion bo‘lishiga umid qilaman.

Gyokereshmi? Biz ko‘nglimizdan joy olganlarni unutmaymiz, degan gap bor-ku! Ishonamanki, “Sporting” unga munosib o‘rinbosar topib, raqobatda davom etadi,

Gyokeresh fantastik futbolchi, ammo jamoa endi usiz moslashishga majbur”, degan Portugaliya afsonasi. 

Ronalduning shvetsiyalik futbolchi haqidagi iliq fikrlaridan so‘ng hatto yangi va umidli hujumchisi e’tirof etilgan “Arsenal” muxlislarining ham boshlari ko‘kka yetgan. “To‘pchilar” bu mavsum APLda o‘z sevimli jamoasidan chempionlikni kutmoqda. Ular ketma-ket 3 mavsumdan beri “ikkinchi” bo‘lib kelmoqda. 

Ma’lumot uchun, Gyokeresh “Sporting” safida jami 102 o‘yinda maydonga tushib, 97 ta gol urgan va 28 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 27 yoshli shvetsiyalik forvard yaqinda “Sporting”dan 63,5+10 mln yevro evaziga londonliklar safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Nodir Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Viktor G'yokeresh “Sporting”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing