Rossiya tizimi Turkiyaning AQSH qiruvchisini olishiga asosiy to‘siq bo‘lyapti

Olam

image

Bugun, 10 dekabr kuni Turkiya AQSH bilan F-35 qiruvchi samolyotlari dasturiga qayta qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va Vashington muzokaralar yaqin oylarda ijobiy natija berishiga umid qilmoqda. Bu haqda “Al-Monitor” xabar berdi.

Keltirilishicha, Anqara 2020 yilda Rossiyaning S-400 aviatsiyalarini sotib olgani uchun Vashington uni “Lockheed Martin” (F-35) dasturidan chiqarib tashlagan va Turkiyaga nisbatan sanksiyalar kiritgandi.

Turkiya bu harakatni adolatsiz deb baholadi va tomonlar AQSH Prezidenti Donald Trampning ikkinchi muddati davomida bu masalani yengib chiqishiga umid bildirdi.

“Qo‘shma Shtatlar Turkiya bilan ularning F-35 dasturiga qayta qo‘shilish istagini va Rossiyada ishlab chiqarilgan S-400 havo mudofaa tizimiga ega bo‘lishi borasida muzokaralar olib bormoqda”, dedi AQSHning Anqaradagi elchi Tom Barak X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Barak agar Turkiya F-35 dasturiga qaytishni istasa, AQSH qonunlari Turkiyaga S-400 tizimidan foydalanishga ruxsat bermasligini aytdi. Shuningdek, u Tramp va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlikning yangi muhitini yaratganini va bu deyarli o‘n yil ichida ushbu mavzu bo‘yicha eng samarali suhbatga sabab bo‘lganini aytdi.

“Umidimiz shuki, bu muzokaralar kelgusi oylarda ham Amerika Qo‘shma Shtatlari, ham Turkiyaning xavfsizlik talablariga javob beradigan yutuq bo‘ladi”, dedi u.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan “Reuters” agentligiga Turkiya va AQSH Amerika sanksiyalarini “tez orada” olib tashlash yo‘lini topishiga ishonganini va NATO ittifoqchilari bu borada ish boshlaganini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyaning S-400 larga egaligi F-35 dasturiga qayta qo‘shilish uchun asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Vashingtonning aytishicha, S-400 lar uning F-35 qiruvchi samolyotlari va NATOning kengroq mudofaa tizimlariga tahdid soladi. Turkiya buni rad etdi va S-400 lar NATOga integratsiya qilinmasligini aytdi. Turkiya rasmiylari F-35 dasturiga qaytish uchun S-400 larga ega bo‘lish qarorini bekor qilish g‘oyasini bir necha bor rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniya Turkiyadan qiruvchi samolyot sotib olishi haqida xabar berilgandi. Samolyotlar Turk Aerospace Industries zavodlarida “Hürjet” innovatsion dizaynidan foydalanilgan, 2 o‘rindiqli va tovushdan tez qiruvchilarini ishlab chiqaradi. Ular Ispaniyada mahalliy tizimlar va Integrated Training System-Combat (ITS-C) platformasi bilan moslashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Rossiya Turkiya F-35 Lockheed Martin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing