Rossiyada 13 yoshli qizga jinsiy mazmundagi xabarlar yuborgan o‘zbekistonlik ushlandi – OAV (video)

3-sahifa

image

Rossiyaning Vladivostok shahrida O‘rta Osiyo davlatlaridan birining 23 yoshli fuqarosi maktab o‘quvchisiga jinsiy mazmundagi materiallar va xabarlar yuborgani hamda u bilan birga yashashni taklif qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi xabar berdi. 

Qizchaga g‘alati xabarlar kela boshlagach, u javob bermagan. Keyinroq maktab o‘quvchisi erkakka hali 18 yoshga to‘lmaganini aytib, unga yozishni to‘xtatishni so‘ragan.

Erkak suhbatdoshining yoshini bilgan bo‘lsa-da, baribir uning e’tiborini qozonishga uringan. U rus tilida qizga muhabbat izhorlari yozgan va birga yashashni taklif qilgan.

Shuningdek, u qizchaga jinsiy mazmundagi materiallar ham yuborgan. Oxir-oqibat voyaga yetmagan qiz xabarlar kelishi to‘xtamagani sababli politsiyaga murojaat qilgan. Gumonlanuvchi shahardagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan biridagi ish joyida qo‘lga olingan. U so‘roq qilish uchun vaqtincha saqlash izolyatoriga olib ketilgan.

Tergov organlari Rossiya Jinoyat kodeksining 135-moddasi (axloqsiz harakatlar) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Gumonlanuvchi 2003 yilda tug‘ilgan erkak ekani aniqlangan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, erkak O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, ammo bu ma’lumot rasman tasdig‘ini topmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi To‘rtko‘l qishlog‘ida 16 yoshli qizning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi bilan bog‘liq rezonansli jinoyat ishi bo‘yicha sud o‘zbekistonlik fuqaroni umrbod qamoq jazosiga hukm qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya axloqsiz harakatlar jinsiy mazmundagi O'rta Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing