Saida Mirziyoyeva ham YeIning maxsus vakili bilan uchrashdi
Jamiyat
−
14 may 4104 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik muhokama qilingan.
Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari, suv resurslari bilan bog‘liq masalalar hamda mintaqalararo aloqalarga e’tibor qaratilgan.
“Janob Stipraysning mintaqamiz bilan bog‘liq boy kasbiy tajribasi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz”, deya yozadi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qilgan edi. YeIning maxsus vakili Yevrokengash Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Live
Barchasi