“San-Paulu” jamoasi jarimaga tortildi
Sport
−
20 noyabr 797 2 daqiqa
Braziliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “San-Paulu” – “Korintians” uchrashuvida mezbon jamoa muxlislarining noo‘rin qo‘shiqlari sababli San-Paulu Oliy sport sudi (STJD) “San-Paulu” jamoasiga 100 000 R$ miqdorida jarima jazosini tayinladi. Bu haqda “Noataque” nashri xabar berdi.
Klub jarimaga tortilganini o‘zi e’lon qildi va futboldagi vaziyatdan xabardorlikni oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilib, muxlislarini bunday xatti-harakatlardan tiyilishga chaqirgan.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, “San-Paulu” muxlislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ba’zi videolarda “haqoratli va kamsituvchi mazmundagi qo‘shiqlar” aks etgan. Klub o‘z bayonotida bunday xatti-harakatlar “San-Paulu” qadriyatlarini aks ettirmasligini ta’kidlab, muxlislarga ogohlantirish berdi. Ular, bunday epizodlar “qattiq sport jazolariga, shu jumladan stadiondagi ustunlikni yo‘qotishga va Braziliya Sport adolati kodeksida nazarda tutilgan boshqa sanksiyalarga” olib kelishi mumkinligini eslatdi.
Qiziq tomoni shundaki, o‘yinni boshqaruvchi hakam Anderson Daronko rasmiy hisobotida bu voqeani tilga olmagan.“Korintians” jamoasi esa tribunadan yangragan haqoratomuz hayqiriqlar bo‘yicha rasmiy shikoyat bilan chiqqan. STJD qaroriga ko‘ra, “San-Paulu” jamoasiga Braziliya sport adolati kodeksining 243-G moddasi va Raqobat to‘g‘risidagi umumiy nizomning 135-moddasi 1-bandi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) Tartib-intizom kengashi “Portu” klubiga “Benfika”ga qarshi o‘tkazilgan derbida muxlislarning noo‘rin xatti-harakatlari sababli 30 855 yevro miqdorida jarima belgilagan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr