Serbiyalik mashhur hakam jinoiy guruh a’zosi bo‘lishi mumkin
Sport
−
24 Oktabr 1973 2 daqiqa
Serbiyalik taniqli basketbol hakami Urosh Nikolich xalqaro politsiya operatsiyasi davomida uyushgan jinoyatchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. 40 yoshli hakam Serbiya prokuraturasi tomonidan jinoiy guruh tarkibida bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Blic” nashri xabar berdi.
Serbiya huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, Nikolich politsiyaning Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi buyrug‘iga asosan qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari og‘ir jinoyatlar, jumladan, qotillik, qotillikka urinish va jamoat xavfini keltirib chiqarish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Politsiya direktori Dragan Vasilevich operatsiya Europol va Eurojust bilan hamkorlikda o‘tkazilganini, Serbiya va xorijda jami 29 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi.
Belgraddagi Oliy sud huzuridagi maxsus bo‘limda guruh a’zolariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. Gumonlanuvchilar Serbiya Jinoyat kodeksining 346- va 114-moddalarida nazarda tutilgan og‘ir shakldagi jinoyatlarda ayblangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu guruh 2020–2021 yillarda bir nechta qotillik, uchta qotillikka urinish va umumiy xavf tug‘diruvchi jinoyatlar sodir etgan.
Ma’lumot uchun, Urosh Nikolich Yevroliga musobaqalarida o‘yin boshqargan eng mashhur serb hakamlaridan biri hisoblanadi. U 2021 yilda Istanbulda o‘tgan “Anadolu Efes” – “Barselona” finalida hamda 2024 yilda Berlindagi “Panatinaikos” – “Real Madrid” uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlagan. Yevroliga rasmiy saytida u hanuzgacha musobaqa hakamlari ro‘yxatida qayd etilgan, biroq tashkilot hozircha uning hibsga olinishi bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.
Live
Barchasi