Shabdanbekov Tashiyevning o‘rnini egalladi
Olam
−
10 fevral 10316 1 daqiqa
Jumgalbek Shabdanbekov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jumgalbek Shabdanbekov nomzodi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlash uchun Jogorku Keneshga kiritilmoqda.
Jumgalbek Shabdanbekov 2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining 9-xizmati boshlig‘i va rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. U 55 yoshda. 2022 yilda Shabdanbekovga general-mayor harbiy unvoni berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Hozircha uning nima uchun lavozimidan ozod etilgani ma’lum emas.
Live
Barchasi