Sherzod Asadov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image
Sardor Umurzoqov Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi north_east

Sardor Umurzoqov Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Ikromovich Asadov Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi) etib tayinlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Asadov 1981 yil 4 mayda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Rus, ingliz, ispan va turk tillarini biladi.

2007–2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi TIV tashqi siyosiy faoliyat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasida referent va attashe bo‘lib ishlagan. 2008–2012 yillarda O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasida dastlab attashe, keyin esa uchinchi kotib lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Uzoq muddatli xizmat safaridan so‘ng ish faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi tizimida davom ettirgan. 2012 yildan 2015 yilgacha MDH va SHHT mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida ikkinchi kotib, birinchi kotib va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. MDH va SHHT bilan hamkorlik boshqarmasidagi faoliyati davrida transchegaraviy hamkorlik masalalari bilan shug‘ullangan. 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan va bir vaqtda vazirlik kotibiyatini boshqargan. U O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi va elchisi ham bo‘lib ishlagan.

2020 yil 19 martda Sherzod Asadov Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan hamda ushbu lavozimda O‘zbekistonning BMT, YXHT va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga mas’ul bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 24 martda uni Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi etib tayinlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilib, Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilingandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sherzod Asadov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing