Shoir Sirojiddin Sayyid ham mukofotlandi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Saidov (Sirojiddin Sayyid) “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqdagi farmonga bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.

Qayd etilishicha, ijodkor O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan. 

Ma’lumot uchun, Sirojiddin Sayyid 1958 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U 2006 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning dastlabki to‘plami “Ruhim xaritasi” 1985 yilda chop etilgan bo‘lib, keyinchalik “Salqin harsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim”, “Vatanni o‘rganish”, “Vatan abadiy” kabi ko‘plab kitoblari nashr etilgan, tanlangan asarlari esa “So‘z yo‘li” nomli ikki jildlikda jamlangan. U Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2018 yildan boshlab uyushma raisi sifatida faoliyat yuritmoqda, 2020 yilda esa Senat a’zosi etib tayinlangan. Sirojiddin Sayyid ijodi uchun bir qator davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan, jumladan “Do‘stlik” ordeni (1999), “Mehnat shuhrati” ordeni (2021) bilan taqdirlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev), To‘ra Sulaymon (To‘ra Sulaymonov), Muhammad Yusuf (Muhammadjon Yusupov) va boshqa ijodkorlar “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Shavkat Mirziyoev Sirojiddin Sayyid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing