Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi davra ramziy jamoasidan joy oldi
Sport
−
25 dekabr 2025 2545 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov “bein Sports” talqiniga ko‘ra, Turkiya Superligasining birinchi davra ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
Eldor Shomurodov “Istanbul Bashakshehir” safida Turkiya Superligasining ortda qolgan 17 ta uchrashuvining barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi va 12 ta gol, 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Ayni damda Eldor Shomurodov Superligada 12 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinda 11 ta gol bilan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bormoqda.
Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasi birinchi davra yakuniga ko‘ra, “Galatasaroy” 42 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Fenerbaxche” 39 ochko bilan ikkinchi, “Trabzonspor” 35 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Istanbul Bashakshehir” esa 23 ochko jamg‘argan holda 7-pog‘onada joylashgan.
Live
Barchasi