Sirdaryoda to‘rtta avtomobil YTHga uchradi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida bir vaqtning o‘zida to‘rtta transport vositasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 30 noyabr kuni soat 13:45 larda Mirzaobod tumani, “Oqoltin” MFY hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining “Dushanbe –Toshkent” yo‘nalishi 94-kilometrida sodir bo‘lgan. Isuzu rusumli transport vositasi haydovchisi mahalliy ahamiyatdagi 20 V 001 avtomobil yo‘liga navbat bilan qayrilib olayotgan VAZ 2101 hamda 2 ta Nexia-3 rusumli transport vositalarining ortidan kelib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa oqibatida VAZ 2101 rusumli transport vositasi haydovchisi viloyat tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. Hozirda sodir etilgan YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan harakat davomida amaldagi yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, hushyor holda transport vositasini boshqarishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Onix haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, piyodani hamda Nexia-3 va Cobalt avtomashinalarini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing