Sirdaryodagi YTHda Cobalt majaqlanib, yonib ketdi

3-sahifa

image

Sirdaryoda fuqaro turmush o‘rtog‘ining mashinasini yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urishi oqibatida avtomashina majaqlanib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 iyul kuni soat 17:10 lar atrofida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining 122-kilometrida 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi R.N. o‘zining turmush o‘rtog‘i R.O.ga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan harakatlangan. U o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan hamda yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Mashinaning deyarli sog‘ joyi qolmagan. U majaqlanib, yonib, abgor holatga kelgan. 

Bildirilishicha, sodir etilgan yo‘l transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida yuk mashinasiga urilgan Damas bo‘linib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing