Slovakiya Prezidenti Samarqandga keldi
Jamiyat
−
29 Oktabr 5213 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini bugun, 29 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro ayeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Peter Pellegrini faxriy mehmon sifatida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu tadbirda ishtirok etishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi